avatar
Куч
19.07
Рейтинг
+23.96

Olimjon Burxiev

Мақолалар

“Guliston guldastasi” nomli universitet talabalar teatr-studiyasi o’zining ilk asarini namoyish etdi

Гулистон давлат университети
Илм-фан
 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hamkor vazirlik, idora va muassasalar bilan birgalikda 2015 yil 20 mayda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar teatr-studiyalarini tashkil etish to’g’risida”gi 24-sonli Qo’shma qarori hamda talaba-yoshlarini buyuk ma’naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, an’analarimizni izchil davom ettirish, ularni mustaqillik davri talablari asosida boyitib borish va rivojlantirishga munosib hissa qo’shish hamda yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo’naltirish, teatr san’atiga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida universitet talabalarining “Guliston guldastasi» nomli teatr-studiyasi tashkil etildi.
2015 yilning 17 noyabr kuni universitet  katta faollar zalida talaba-yoshlar, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasida «Guliston guldastasi» talabalar teatr-studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan G’afur G’ulomning «Mening o’g’rigina bolam» hikoyasi asosida 19-12 guruh talabasi Dildora Bakirovaning «O’zimning momoginam».II.parda VI ko’rinishli drama spektakli namoyish etildi. Spektaklni 600 nafar talaba-yoshlar, professor-o’qituvchi va xodimlar tomosha qilishdi.

Asardagi Qorabuvi obrazi o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Zamonamizning Qorabuvidek mehribon buvilari bor ekan yurtimiz farzandlari har jihatdan etuk barkamol inson bo’lib etishadilar. Bundan tashqari spektaklda Soragul va uning farzandlari, Isfandiyor o’g’ri obrazlari maxalla oldidagi or-nomus ma’suliyatini his qila oladigan aqlli insonlar sifatida gavdalanadi. Spektaklda o’zbek milliy o’yinlari o’ziga xos tasvirlangan. Milliy liboslar davr ruhiga monand jilolanadi. Ushbu spektakl’ qo’yishdan maqsad yoshlarni birdamlikka va kelajak sari olg’a intilishga, yot g’oyalarga qarshi kurashishga  va boy milliy me’rosimiz qadriga etib, bardavom ettirishga chorlaydi. Shuni alohida qayd etish joizki, «O’zimning momoginam» drama spektaklida ayrim obrazlarni Guliston shahridagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari maroq bilan ijro etishdi. 
“Guliston guldastasi» nomli talabalar teatr-studiyasini tashkil etishga ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nosirov, Olim Xo’jaev nomidagi viloyat musiqali drama teatrining aktrisasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, talabalar teatr-studiyasining rejissori O.Abdullayeva, “Musiqa ta’limi” kafedrasi  mudiri,  dotsent N.Raximov va “Kamolot” YoIH universitet boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Z.Zikriyaevlar o’zlarining munosib hissasini qo’shishdi.
 

Universitet talaba yoshlari teatrga tashrif buyurdi

Гулистон давлат университети
Илм-фан
 Talaba yoshlarni teatr san’atidan yanada kengroq bahramand etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida teatrlarga tizimli ravishda tashrif buyurishlarini ta’minlash borasida universitet talaba yoshlari, shuningdek, professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlar 2015 yilning 19 noyabr kuni Guliston shahridagi 1-musiqa maktabining faollar zalida qo’yilgan spektaklni tomosha qilishga borishdi.
Guliston shahridagi 1-musiqa maktabida Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri jamoasining Sirdaryo viloyatidagi gastrol safari doirasida Yusuf Azimzoda asari Salohiddin Sirojiddinov tarjimasi asosida O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev tomonidan sahnalashtirilgan “Nasriddinning yoshligi” yoxud (chala tig’ilgan kuyov)” nomli spektakl namoyish etildi.
“Nasriddinning yoshligi” yoxud (chala tig’ilgan kuyov)” satirik komediyasi teatrga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlarda iliq taasurot qoldirdi.

“Ajal jodusi” nomli badiiy film namoyish etildi

Гулистон давлат университети
Илм-фан
 2015 yilning 14 noyabr kuni universitet katta faollar zalida talaba-yoshlar, professor-o’qituvchilar va xodimlarga “O’zbekkino” Milliy  agentligi tomonidan Davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan noqonuniy migratsiya va odam savdosi  mavzusiga  bag’ishlangan  “Ajal jodusi” nomli badiiy filmi namoyish etildi.


Mazkur film noqonuniy  yo’l bilan  xorijiy mamlakatlarga  borib, mehnat  muhojirlariga aylangan shaxslarning mashaqqatli mehnati, huquqsizlikdagi  og’ir hayoti  va ba’zan  ayanchli tugayotgan  qismati haqida hayotiy misollar asosida, ta’sirchan  yo’sinda hikoya qilib, xalqimiz ayniqsa, yoshlarning bu yo’lga bilmasdan  kirib qolishlarining  oldini olishni targ’ib  qiladi.